Langarcho‘pda sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni, jahon rekordi sohibi rossiyalik 34 yoshli Yelena Isinbayeva sportchilik faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Isinbayeva Tokio–2020 Olimpiadasida ishtirok etishni rejalashtirmayapti. “Agar ishtirok etishni juda xohlasam ham, to‘rt yildan so‘ng qatnasha olmasam kerak. Hozirning o‘zida langarcho‘p bilan sakrash sektoridagi qizlar mendan 10 yosh kichik”, – dedi Isinbayeva.
Rossiyalik sportchi Afina–2004 va Pekin–2008 Olimpiadalarida oltin, London–2012 da esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)