Bangladeshda hind seriali tufayli kelib chiqqan bahs ommaviy pichoqbozlikka sabab bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Xabiganj tumani aholisi “Kiranmala” nomli mashhur serialni tomosha qilish uchun Dxol qishlog‘i restoranida to‘plandi.
Serialni ko‘rish chog‘ida ikki erkak epizodda aytib berilgan voqea yuzasidan bahslashib qoldi, bu bahs birozdan so‘ng mushtlashuvga ko‘chdi. Janjal sekin-asta ommaviy to‘polonga aylanib ketdi, uning ishtirokchilari pichoq va tayoqlar bilan bir-biriga aziyat yetkazdi.
Ommaviy mushtlashuvni to‘xtatish uchun politsiya o‘q va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo‘ldi. To‘polonda yuzdan ortiq odam jabrlandi, ularning 15 nafari shifoxonaga yotqizildi.
“Kiranmala” bengal tilida olingan hind seriali bo‘lib, unda bosh qahramon bo‘lmish malika dunyoni qutqarishi haqida hikoya qilinadi.
Izoh (0)