Hindiston yo‘lbarslari sulolasining afsonaviy asoschisi hisoblangan Machli laqabli urg‘ochi yo‘lbars umrining 20-yilida vafot etdi. Bu haqda The Times of India ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
O‘limidan avval jonzot besh kun davomida hech qanday yegulik iste’mol qilmadi. Machli, ehtimol, dunyodagi eng ko‘p suratga olingan urg‘ochi yo‘lbars hisoblanadi.
Bir necha yil mobaynida yo‘lbarsning hayoti haqida bir qator mamlakatlar hujjatli film suratga olgan. Umri davomida ushbu yo‘lbars o‘z biologik turining ramziga aylanishga ulgurdi.
Machli doimo Rojasthon viloyatidagi “Rantambor” xiyoboni yaqinidagi o‘rmonda yashab kelgan. Uzoq yillik umri davomida u har yili xiyobon budjetiga qariyb 10 million dollar keltirgan.
“Rantambor qirolichasi” nomini olgan Machli xiyobon timsoli hisoblangan. Yovvoyi tabiatda yo‘lbarslar kam hollarda 10–14 yil umr ko‘radi.
Izoh (0)