Yaponiya hukumati 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi oldidan beshta umummilliy lotereya o‘yinlari o‘tkazishni hamda ulardan jami 100 milliondan ortiq pul to‘plashni rejalashtirmoqda. Ulardan biri yaqin vaqt ichida o‘tkaziladi, deb xabar beradi “TASS”.
Bitta chiptaning narxi 200 iyenani (2 dollar) tashkil etadi, ular 6-sentabrga qadar sotiladi. Shu kabi tanlovlar Olimpiya o‘yinlariga qadar yana to‘rt marta o‘tkaziladi.
Beshta lotereyaning umumiy yutuq jamg‘armasi 202 million iyenani (2 million dollar) tashkil qiladi. Chiptalar sotuvidan hukumat 100 million dollar daromad ko‘rishni rejalashtirmoqda. To‘plangan mablag‘ O‘yinlar uchun sport obyektlari qurilishiga sarflanadi.
Izoh (0)