“Manchester Siti” jamoasi hujumchisi Serxio Aguero “Styaua”ga qarshi (5:0) kechgan Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining ilk o‘yinida uchta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi va shu orqali jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.
“Sports.uz”ning xabar berishicha, argentinalik futbolchining gollari soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Birinchi bo‘limning 9 va 22-daqiqalarida Aguero ikkita penaltini yo‘qqa chiqadi.
Dastlabki 11 metrlik jarima zarbasini “Styaua” darvozaboni qaytardi. Ikkinchi holatda esa argentinalik futbolchi to‘pni darvoza to‘sini ustidan yo‘lladi.
Izoh (0)