Qrimda ro‘y bergan avtobus halokatida jarohatlangan 29 yoshli ayol shifoxonada olamdan o‘tdi. Shu tariqa, fojia qurbonlarining soni yetti kishiga yetdi, deb xabar beradi “RBK”.
Marhuma Ukraina fuqarosi edi.
“U o‘ta og‘ir ahvolda keltirildi, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun qo‘llaridan kelgan ishni qildi”, — ma’lum qildi Qrim Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba.
Muqaddam olti kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.
Ayni paytda Sudak, Feodosiya va Simferopol shifoxonalarida YTHda jabrlangan o‘n kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, voqea Alushta–Sudak–Feodosiya trassasining 50-kilometridagi Shchebetovka aholi yashash punkti yaqinida sodir bo‘lgan edi. Avtobus ariqqa tushib ketib, jarlikdan qulagandi. Avtobus Sudakdan Kerchga ketayotgan edi.
Izoh (0)