IShID terrorchilik guruhi Suriya armiyasi nazorati ostida bo‘lgan Aleppo shahrining aholi turar-joy hududlarida kimyoviy qurol qo‘lladi. Bu haqda 16-avgust, seshanba kuni Eronning Press TV telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Telekanalning ma’lum qilishicha, terrorchilar xantal gazini qo‘llagan.
Hujum oqibatida kamida 20 kishi jabrlangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)