Jazoir hukumat armiyasi mamlakat shimolida terrorchilarga tegishli uch maxfiy boshpanani aniqlab, yo‘q qildi. Bu haqda Algerie Press Service agentligiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Jijel va Bumerdes viloyatlarida topilgan maxfiy omborlarda jangarilar qo‘lbola bombalar, portlovchi moddalar va RPG-7 granatomyotini saqlagan.
Ilgariroq, 13-avgust kuni hukumat qo‘shinlari Bumerdes viloyatining Sidi Ali Bunab o‘rmon massivida joylashgan mana shunday ikkita maxfiy boshpanani yo‘q qilgan edi. U yerdan o‘ndan ortiq o‘qotar qurollar, sakkizta bomba, 10 kilogramm portlovchi modda va diversiyalarga mo‘ljallangan boshqa materiallar topilgan edi.
Izoh (0)