Indoneziyada mamlakat suv hududida noqonuniy baliq ovlash chog‘ida qo‘lga olingan 60 ta chet el kemasi cho‘ktirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Straits Times nashrining bildirishicha, kampaniya 17-avgust kuni nishonlanadigan davlat mustaqilligining 71 yilligiga mo‘ljallab o‘tkazildi.
Dengiz va baliq xo‘jaligi vazirligining rasmiy vakili Ahmad Santosning so‘zlariga qaraganda, operatsiya sakkizta tumanda o‘tkazildi.
“Bu Indoneziya uchun sovg‘a bo‘lib, hukumatning qonun ijrosidagi izchilligini namoyish etadi”, — ta’kidladi u.
Ilgari Indoneziyada shu sababga ko‘ra qo‘lga olingan Vyetnam, Xitoy va Filippin kemalari cho‘ktirilgan edi. Bu harakatlar ayniqsa rasmiy Pekin tarafidan keskin tanqid ostiga olingan edi.
Izoh (0)