Singapur bosh vazirining rafiqasi Xo Ching Oq uyga tashrifi chog‘ida o‘zi bilan 15 dollarlik sumkachani olib yurdi, deb yozadi AdMe. U dinozavr shakllari tushirilgan jinsi matodan tikilgan edi.
Tez orada sumkacha ommalashib, do‘konlarda talash bo‘lib ketdi. Ammo u oddiy bo‘lib chiqmadi. Gap shundaki, sumkachani Singapurdagi maktab o‘quvchilaridan biri autist bolalar uchun yaratgan, bolaligidan dinozavrlarga mehr qo‘ygan 19 yoshli Sito Shen Li ismli yigitcha aksessuar uchun aynan shunday dizaynni o‘ylab topdi. O‘quvchilar yaratgan buyum riteyler orqali sotiladi, foizi esa muallifga beriladi.
XO Ching esa ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi, ustiga-ustak, u Singapurdagi Autizm markazi maslahatchisi hamdir.
Izoh (0)