13-avgust kuni yaponiyalik Twitter foydalanuvchisi @aktfps Milk-chan laqabli mushugining fotosuratini e’lon qildi. Unda jonivor bir paytning o‘zida ham tirnoqlarni charxlashga, ham to‘shak ustiga sakrab chiqishga uringani aks etgan. Ushbu g‘aroyib fotosurat bir lahzada 130 ming marta ulashilib, fotoshoplar uchun ommabop mavzuga aylandi, deb ma’lum qiladi TJournal.
Xo‘jayinining ta’kidlashicha, jonivor bu murakkab vaziyatdan bir lahzada chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)