Brent rusumli neftining bir barreli narxi 15-iyuldan beri birinchi marta 48 dollardan yuqoriga ko‘tarildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
12-avgustdan buyon namunali neft rusumlari narxi sotuvlar davomida muntazam ravishda ko‘tarilib bormoqda. AQShning asosiy neft rusumi apreldan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bilan haftani yakunladi.