Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh federal hukumati Viskonsin shtati Miluoki shahri hukumatiga ushbu shaharda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar yuzasidan hamkorlik taklif qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Jennifer Fridmen jurnalistlarga ma’lum qilishicha, AQSh prezidentining ichki siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi Miluoki meri bilan telefon orqali suhbatlashib, Amerika ma’muriyatining mahalliy hukumatga yordamini taklif qilgan. So‘ng u suhbat yakunlari haqida AQSh prezidenti Barak Obamani xabardor qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda an’ana bo‘yicha Massachusets shtati sohillaridagi kurort orolda yozgi ta’tilni o‘tkazayotgan prezident uni voqealarning borishidan xabardor qilib turishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, politsiyachining afro-amerikalikka o‘q uzishi natijasida Viskonsin shtatiga qarashli Miluoki shahrida ommaviy tartibsizlik kelib chiqqan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi