Batutda sakrash musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Yekaterina Xilko Rio—2016 dagi birinchi chiqishini amalga oshirdi.
Reglamentga ko‘ra turnirni 16 nafar sportchi boshladi. Xilko keyingi bosqichga yo‘llanma olishi uchun sakkiztalikka kirishi kerak edi.
U dastlabki sakkiz nafar sportchi orasida uchinchi natija qayd etgan bo‘lsa-da, qolgan sportchilarning chiqishidan keyin imkoniyatini kamaytirib yubordi va Rio—2016 Olimpiadasi bilan xayrlashdi. O‘zbekistonlik sportchi majburiy chiqish mashqida 46.570 ochko ishladi.
Xilko faoliyati davomida 5 ta Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qildi. U 2008-yilgi Pekin Olimpiadasining bronza medali sohibasi hisoblanadi.
Izoh (0)