Toshkentdagi “Qozog‘iston” kinoteatri yaqinida 12-avgust, juma kuni ertalab ikki Cobalt avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Faceobok’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Xabarga ilova qilingan suratda yondosh hududdan Amir Temur shoh ko‘chasiga chiqib kelayotgan bir Cobalt’ning yon tomonidan u bilan bir vaqtda bir joydan chiqib kelayotgan ikkinchi Cobalt kelib urilgan.

Avariyagacha bo‘lgan holatda kim kimga yo‘l berishi kerak bo‘lgani aniq emas. Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.