Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi KVN musobaqasi doirasidagi bitta safari uchun 40 ming dollarga yaqin mablag‘ sarflaydi. Bu haqda ular jurnalistlar bilan uchrashuvida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda K-News.
“Rejalarimiz kamtarona — KVN o‘yini yarim finali va finaliga o‘tish. Basharti g‘olib bo‘lmasak ham munosib chiqish qilish”, — deya ta’kidladi Eldiyor Kenensarov.
“Har mavsum oldidan biz to‘planib, kelajak uchun rejalarni belgilab olamiz. Bu safar biz nafaqat o‘zimiz, balki homiylarimiz uchun ham mas’uliyatni his etdik. Moliyaviy ko‘maksiz chiqish qilish qiyin. Har bir o‘yin safari uchun 40 ming dollarga yaqin mablag‘ sarflanadi”, — deya qo‘shimcha qildi jamoa a’zolaridan biri Ruslan Maksimov.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova 2015-yildan Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi tarkibida KVN musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Sitora Farmonova litsenziyasining amal qilish muddati “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tugatilganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)