Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi gvardiyachilari hisoblangan Timur Kapadze hamda Server Jeparov 12-avgustdan start oladigan murabbiylarning “C” litsenziyasi uchun kurslarda tahsil oladi.
“Championat.asia” xabariga ko‘ra, “Paxtakor” futbol klubidagi o‘yinlari orqali tanilgan Ildar Magdiyev ham “C” litsenziyasini qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi.
Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasi libosida 119 ta o‘yinda maydonga tushgan va 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. O‘yinlar soni bo‘yicha Kapadze yaqqol rekordchi hisoblanadi.
Server Jeparov 116 bellashuvda ishtirok etgan hamda 25 ta gol urishga erishga. “Lokomotiv” yarim himoyachisi terma jamoaning bugungi kunda ham a’zosi hisoblanishi inobatga olinsa, u o‘yinlar soni bo‘yicha Kapadzeni ortda qoldirish imkoniyatiga ega.
“C” litsenziyasi murabbiylarga bolalar futbolida ishlash va bolalar jamoalarini boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Karyerasini murabbiy sifatida davom ettirish istagida bo‘lganlar birinchi navbatda “C” litsenziyasi imtihonlaridan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)