90 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi dzyudo turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sherali Jo‘rayev 10 avgust sanasidagi ikkinchi jangini shvetsiyalik Markus Nimanga qarshi o‘tkazdi.
Markus Niman Olimpiadadagi ishtirokini 1/16 finaldan boshlagan bo‘lsa, o‘zbekistonlik sportchi Rio—2016 dagi birinchi jangida jazoirlik Abdurahmon Benamadini yengib, raqibini turnirdan 1/32 finaldayoq chiqarib yuborgandi.
Sherali Jo‘rayevning Nimanga qarshi jangida raqib ippon bahosi bilan g‘olib chiqdi va nimchorak finalga yo‘llanma oldi. Jo‘rayev esa Olimpiada—2016 dagi ishtirokiga yakun yasadi.
Izoh (0)