Amerikalik poygachi Brayan Klouson midjetlar musobaqasida ro‘y bergan avariyada olgan jarohatlari tufayli olamdan o‘tdi. “Indianapolisning 500 mili” poygasining uch karra ishtirokchisi 27 yoshda edi, deb xabar beradi Motor.
Halokat 6-avgust kuni Belvilldagi (Kanzas shtati) Belleville High Banks trassasida ro‘y berdi. Klouson poygani to‘qqizinchi o‘rindan boshladi, ammo birinchi pozitsiyaga chiqqanida uchinchi va to‘rtinchi burilishida mashina ag‘darilib ketdi. Mashina bir necha marta havoda aylanganidan so‘ng boshqa ishtirokchi unga kelib urildi.
Klouson og‘ir ahvolda trekdan 200 kilometr uzoqdagi Linkoln shahridagi (Nebraska shtati) shifoxonaga vertolyotda yetkazildi. 7-avgust kuni poygachi olamdan o‘tdi, bir kundan so‘ng uning oilasi bu haqda Facebook orqali xabar qildi.
Izoh (0)