Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida glushitelidan olov chiqadigan Spark videosi e’lon qilindi.
Guruh a’zolari ushbu videoga turli munosabat bildirgan. Foydalanuvchilar orasida avtomobil egasining g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganlar ham bor.
Ayni vaqtda, bir guruh foydalanuvchilar mazkur ishlanmani tanqid qilgan, uni “oliftagarchilik” deya ta’riflaganlar, Spark’ga achinganlar ham bor.
“Voditeli Tashkenta”ning muhokamada ishtirok etgan ko‘pchilik a’zolari: “Har qanday holatda ham, eng avvalo, xavfsizlikka e’tibor qaratilsa bo‘ldi”, qabilida fikr bildirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)