Lozannadagi Shveysariya federal sudi rossiyalik sportchilar Yelena Isinbayeva va Sergey Shubenkovdan 8-avgust kuni kelib tushgan apellyatsiya arizalarini qaytardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sportchilarning shikoyati Sport arbitraj sudining (CAS) qaroriga doir edi — unga ko‘ra nomi keltirilgan rossiyalik sportchilar Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada ishtirok eta olmaydi.
“Biz CAS qarorini bir muddatga to‘xtatishni so‘ragan edik, lekin bizga rad javobi berildi”, — ma’lum qildi Shubenkov.
Shuningdek, u Lozanna Federal sudi ularning Olimpiadada ishtirok etishga bo‘lgan so‘nggi urinishi bo‘lganini qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)