“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Supepkubogi doirasidagi “Lester”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
“Lester” haqida fikr bildirayotganida Mourinyo oxirgi qatorda uxlab qolgan jurnalistni ko‘rib qoldi. — “‘Lester’ bu mavsumda ham yaxshi ishtirok etishga urinib ko‘radi. Qanday natija ko‘rsatmasin, u ajoyib jamoa. Oxirgi qatorda mudrayotgan jentelmen esa undan-da ajoyib”, — dedi Mourinyo.
“Manchester Yunayted” va “Lester” klublari o‘rtasidagi Angliya Superkubogi manchesterliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.