Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Gamilton shahrida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana yetti nafari jarohat oldi. Bu haqda, CTV telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in shahar shimolidagi turar-joylardan birida chiqdi va alanga tezlik bilan qo‘shni uyga o‘tdi. Birinchi uyda 11 kishi bor edi, shulardan uch nafari halok bo‘ldi, yetti nafari shifoxonaga yotqizildi. Ikkinchi uyda hech kim yo‘q edi.
Halok bo‘lganlarning shaxsi haqida hozircha ma’lumot berilmadi. Mutaxassislar yong‘in chiqishining sabablarini o‘rganmoqda.
Gamilton Kanadaning eng yirik megapolisi – Torontodan 70 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Izoh (0)