Fransiyaning Ruan shahridagi barda yong‘in yuzaga kelishi oqibatida 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Paris Normandie gazetasi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida yana olti kishi jabrlangan, ulardan birining ahvoli juda og‘ir.
Yong‘in Le Cuba Libre barida sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarga yong‘inni o‘chirish uchun yarim soat vaqt kerak bo‘ldi.
11 nafar guvoh politsiya uchastkasiga ko‘rsatma olish uchun keltirildi.
IIV rahbari Bernar Kaznevning ma’lum qilishicha, yong‘in tug‘ilgan kun nishonlanayotgan barning yerto‘la qismida yuzaga kelgan. Hozirgi paytda hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in tortdagi shamchalar tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)