Rossiyada 2015-yilning 6-avgustidan buyon sanksiyaga tushgan 7,5 ming tonnadan ortiq mahsulot yo‘q qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yo‘q qilingan mahsulotlarning asosiy ulushini o‘simlik mahsulotlari tashkil qildi — 7,282 ming tonna, chorvachilik mahsulotlari esa 228,6 tonnani tashkil etdi.
“Rosselxoznadzor”ning ma’lum qilishicha, eng ko‘p chorvachilik mahsulotlari Sankt-Peterburg va Leningradda (71 tonna), Belgorod viloyati (54,065 tonna), Kaliningrad (32,59 tonna), Omsk (26,492 tonna), Orenburgda (21,06 tonna) yo‘q qilingan.
Kontrabanda meva va sabzavotlari eng ko‘p yo‘q qilingan hududlar reytingidan Bryansk va Smolensk viloyatlari (2,76 ming tonna), Tver va Pskov viloyatlari (1 ming 891,6 tonna) joy oldi.
Asosan, olma, nok, shaftoli, tomatlar, qalampir, baqlajon, qulupnay, apelsin va uzumlarni noqonuniy olib kirish holatlariga chek qo‘yilgan.
Izoh (0)