33 nafar amerikalik harbiy xizmatchi AQShdan tashqarida xizmat o‘tash davomida Zika virusini yuqtirib olgan. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Telekompaniya Pentagondan olgan ma’lumotga asoslanmoqda, biroq virus mazkur harbiylarda qaysi davr ichida aniqlanganligini ma’lum qilmagan. AQSh Mudofaa vazirligi hozircha ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Virusni yuqtirib olganlardan biri homilador ayol ekanligi ma’lum qilinmoqda. AQSh qurolli kuchlari ustavi ayol harbiy xizmatchilarga kasallik o‘chog‘i qayd etilgan mamlakatda xizmat o‘rnini tark etishga rahbariyatdan ruxsat so‘rash imkonini beradi.
Bundan tashqari, virus bilan bog‘liq tashxis oilalarida amerikalik harbiy xizmatchilar bo‘lgan olti nafar oddiy fuqaroda ham aniqlangan.
Izoh (0)