Toshkent—Rim—Rio-de-Janeyro yo‘nalishi bo‘ylab qariyib 14 000 kilometr masofani bosib o‘tgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining layneri XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari poytaxtiga yetib keldi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.
Rio-de-Janeyro shahridagi “Galean” xalqaro aeroportida O‘zbekiston delegatsiyasiga Rio—2016 o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi a’zolari va mahalliy OAV xodimlari peshvoz chiqqan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Rio-de-Janeyro shahriga tungi 22:30 da yetib kelgan bo‘lsada, uni kutib olish uchun Braziliyaning ko‘plab yetakchi OAVlari aeroportga yetib keldi, deb yozilgan xabarda. Bu holat delegatsiya tarkibida Olimpiada o‘yinlari, Jahon Chempionatlarining sovrindorlari bo‘lgan nomdor sportchilarning bor ekani bilan izohlangan.
Izoh (0)