O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashida O‘zbekiston Respubikasida Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash va Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni delegatsiyani mamlakatda Xalqaro mehnat tashkiloti va Butunjahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tizimli ishlardan xabardor etdi. Jumladan, ushbu ishlar doirasida mehnat sohasi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligidagi eng muhim tamoyil va huquqlarni ilgari surish masalalarini o‘z ichiga oluvchi munosib mehnat dasturi amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Hozirgi paytda Xalqaro mehnat tashkilotining Muvofiqlashtiruvchi kengash ko‘magida qishloq xo‘jaligida ishchi kuchini yollash tajribasini tadqiq etish ishlari yakuniga yetgan.
O‘zbekiston vakillari hukumatning tizimli faoliyati natijasida mehnatkashlarning eng muhim huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha aniq choralar qabul qilinayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)