Kanadaning Tillsonburg shahri (Ontario provinsiyasi) fuqarosi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiyaning aniqlik kiritishicha, 52 yoshli erkak momaqaldiroq vaqtida uyi oldidagi o‘tlarni o‘rayotgan bo‘lgan. Oqibatda kuchli elektr kuchlanish olgan. Jabrlangan erkak zudlik bilan yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uni jonlantira olmagan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Tillsonburg Kanadaning yirik megapolisi Torontodan taxminan 180 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Izoh (0)