Rim papasi Fransisk Polshaning Chenstoxova shahridagi ibodat chog‘ida yiqilib tushganini Madonna timsoliga mahliyo bo‘lib qolgani bilan izohladi, deb yozadi “Korrespondent.net”. U bu haqda 1-avgust kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Men Madonna timsoliga qarab qoldim va qadam tashlashni unutdim. Men o‘zimga yiqilishga qo‘yib berdim, bu esa meni qutqarib qoldi. Agar yiqilishdan qochishga uringanimda, shikastlangan bo‘lardim”, — dedi pontifik.
Nashr eslatishicha, hodisa 27-iyul kuni yuz bergandi. O‘shanda yiqilib tushgan 79 yoshli Fransiskka boshqa ruhoniylar yordamga kelib, o‘rnidan turg‘izgan edi.
Avvalroq Rim Papasi Fransisk I “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messini sobiq futbolchilar Maradona va Pele bilan taqqoslab, “Messi Peledan ham, Maradonadan ham kuchli”, — degan fikrni bildirgan edi.
Izoh (0)