Moskvadagi Gorkiy bog‘ida harbiy-desant qo‘shinlari kunini nishonlayotgan erkak shu yerdagi ko‘lda cho‘kib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, cho‘milish paytida u o‘zini yomon his qila boshlagan va cho‘kib ketgan.
Guvohlarning bildirishicha, erkak to‘satdan suv ostiga kirib ketgan, qutqaruvchilar uni faqat 10 daqiqalik qidiruvlardan so‘ng topa olgan. Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari uning joni uzilganini tasdiqladi.
Halok bo‘lgan erkak sobiq desantchi ekanligi ma’lum.
Izoh (0)