Uber onlayn taksi buyurtma qilish servisi shaxsiy xaritalarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaga 500 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times ma’lum qildi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi servisga Google’dan mustaqil bo‘lish imkonini berishi kutilmoqda. Uber aksariyat mamlakatlardagi faoliyatida Google xaritalaridan foydalanadi.
Raqamli kartografiya sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri Brayan Makklendonning so‘zlariga qaraganda, aniq xaritalar servisning asosi hisoblanadi. Biroq rivojlanayotgan mamlakatlarda Google Maps har doim ham aniq emas. Bu servisda muammolarni yuzaga keltiradi, chunki shunday mamlakatlarda haydovchilar yo‘lovchilar joylashgan joyni aniqlash uchun ularga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ladi.
Uber xaritalari haydovchilardan olingan ma’lumotlar, shuningdek, kompaniyaning kartografiyadagi shaxsiy ishlanmalari asosida yaratiladi. Birinchi xaritalar AQSh va Meksika uchun ishlab chiqariladi.
Izoh (0)