Turkiya shimolidagi Bingo‘l viloyatida kurd jangarilari uyushtirgan hujum oqibatida politsiya maxsus kuchlarining besh xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda, NTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jangarilar yo‘lga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi uskunani masofadan turib harakatga keltirdi. Portlash zarbi yo‘ldan o‘tayotgan zirhli mashinani yonga ag‘darib tashladi.
To‘rt nafar yarador politsiyachi shifoxonaga yotqizildi. Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda.
Izoh (0)