O‘zbekistonda 2016-yilning oxiriga qadar 400 dan ortiq quyosh fotoelektr stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, qo‘mita huzuridagi “Eko-Energiya” ilmiy innovatsiyalar markazi 2016-yilning birinchi yarim yilidayoq 197 ta quyosh fotoelektr stansiyasini o‘rnatgan.
“Yil oxiriga qadar neft-gaz va kimyo sohalarining tashkilotlari, maktab ta’limi va tibbiy muassasalar, mehribonlik uylari, qariyalar uchun internat uylar hamda fermer xo‘jaliklari uchun 400 dan ortiq quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatiladi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Izoh (0)