Uelslik futbolchi Garet Beyl o‘z suyuklisi Emma Ris-Jonsning qo‘lini so‘rash uchun Ispaniyaning Tagomago orolini ijaraga oldi. Bu haqda “Championat” AS nashriga asoslanib xabar berdi.
Nikoh uzugi beriladigan joyning ijarasi Garet Beyl uchun 450 ming yevroga tushdi. Bu orolning 1 haftalik ijarasi uchun yetarli pul edi.
Garet “Real” bilan Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchganidan so‘ng 600 ming yevro mukofot puli ishlab olgandi. Uning klubdagi yillik maoshi 18,5 million yevroni tashkil qiladi.
Beyl bolalikdan beri sevadigani Emmaga uylanishi haqida ikki hafta muqaddam ma’lum qilgandi. Bu juftlikning ikki nafar qiz farzandi bor. Alba Violetta 3 yoshni qarshi olgan bo‘lsa, kichik Nava Valentina 2016-yilning martida dunyoga kelgandi.
Izoh (0)