Armaniston poytaxtida politsiya binosini ushlab turgan “Sasna srer” qurolli guruhi garovdagi tibbiyot xodimlari — shifokor va hamshirani qo‘yib yubordi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Barcha tibbiyot xodimlari ozodlikda ekanligini tasdiqlashim mumkin, tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinadi”, — dedi Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Anait Aytayan.
Ilgariroq “Ta’sis parlamenti” muxolif guruhi vakili, bino ichida turgan Varujan Avetisyan tibbiyot xodimlari 30-iyul kechasi chiqib ketganini ma’lum qilgan edi.“Ularni hech kim zo‘rlik bilan tutib turgani yo‘q. Ular o‘z qarorlari va harakatida erkin edi”, — ta’kidladi u.
Izoh (0)