Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ijtimoiy loyihalardan birini amalga oshirishda ishtirok etib, Rio-de-Janeyro sohillaridan birida o‘smir bolalarga qarshi futbol o‘ynadi. Bu haqda “TASS” Olimpiada—2016 rasmiy saytiga tayanib xabar berdi.
Tadbirda 1994-yilgi Jahon Chempionatida zafar quchgan, hozirda esa “Vasko da Gama” klubiga ustozlik qilayotgan Jorjinyo, 2012-yilgi Olimpiada o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan “Flamengo” hujumchisi Leandro Damian, voleybolchi Marselino va sohil voleybolining sobiq yulduzi Jorjinyo ham ishtirok etdi.
“Men har doim futbol muxlisi bo‘lib kelganman”, — deya ta’kidladi Tomas Bax. — “Yoshligimda futbol o‘ynab yurardim, lekin ota-onam meni qilichbozlik to‘garagiga berishdi. Men hozir ham to‘p tepishdan rohat olaman”.
Tomas Bax 1976-yil Olimpiadasining rapira turidagi jamoaviy bahslarda chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Rio-de-Janeyro Olimpiadasi 5—21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)