Pokiston shimolidagi Xayber-Paxtunxva va Panjob viloyatlarida yuzaga kelgan jala va suv toshqinlari oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq odam jabrlandi. Bu haqda Doon gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Pokiston meteorologiya departamenti direktori Muhammad Xanif yaqin sutkalarda jala yog‘ishining davom etishi kutilayotganligini ma’lum qildi.
“Kuchli yog‘ingarchiliklar Panjob, Xayber-Paxtunxva, Galgit-Valtisan va Kashmir kabi hududlarda suv toshqini va ko‘chkilarni keltirib chiqarishi mumkin”, — dedi u.
Pokiston har yili yozning ikkinchi yarmidagi yomg‘irlar mavsumida uzoq davom etadigan kuchli yomg‘irlar keltirib chiqaradigan keng ko‘lamli suv toshqinlaridan aziyat chekadi.
Izoh (0)