Xalqaro Kurash Federatsiyasi rossiyalik sportchilarning Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etish masalasiga oydinlik kiritib beruvchi maxsus komissiya tuzishga qaror qildi, deb xabar berdi tashkilot rasmiy sayti.
Komissiya 4 kishidan iborat bo‘lib, u doping-test natijalari xulosasini beradi va rossiyalik kurashchilarning Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish yoki etmaslik masalasi yuzasidan o‘z qarorini Xalqaro arbitraj Sudiga taqdim etadi.
Komissiyadagi 4 nafar a’zo orasida o‘zbekistonlik Ahrorjon Ro‘ziyev nomi ham bor. Xalqaro Kurash Federatsiyasi vitse-prezidenti sifatida Ro‘ziyev ham rossiyalik sportchilarning yirik sport festivalida ishtirok etish masalasini hal qilishda ishtirok etadi.
Komissiyaga shuningdek Xalqaro Kurash Federatsiyasi bosh kotibi — fransiyalik Mishel Dusson, tashkilot vitse-prezidenti — amerikalik Sten Ziyedzich hamda tashkilot meditsina qo‘mitasi direktori — britaniyalik Karlos Roy kiritilgan.
Manbada keltirilishicha, komissiya o‘z xulosasini 28-iyul — payshanba kuni e’lon qiladi.
Izoh (0)