2016-yilgi Global Firepower Index reytingi e’lon qilindi. Undan o‘rin olgan 126 mamlakat ichida O‘zbekiston 48-pog‘onani egalladi.
Reyting bir necha kriteriyga asoslanadi, jumladan:
- yadroviy qurol mavjudligi yoki mavjud emasligi inobatga olinmaydi;
- davlatning geografik joylashuvi inobatga olinadi;
- qurol-yarog‘ va harbiy texnika miqdori qurolli kuchlar soni va qudratiga nisbatan inobatga olinadi;
- ayrim resurslarning ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi hisobga olinadi;
- dengizga chiqishi yo‘q davlatlarga harbiy-dengiz kuchlari yo‘qligi uchun jarima ballari qo‘shilmaydi;
- boshqa hollarda harbiy flotning imkoniyatlari cheklangani uchun jarima ballari hisoblanadi;
- mamlakatning siyosiy va harbiy o‘ziga xosliklari inobatga olinmaydi.
Reytingda 0,0897 koeffitsiyent bilan AQSh birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarga Rossiya va Xitoy qurolli kuchlari munosib ko‘rildi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Hindiston, Fransiya, Birlashgan Qirollik, Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Italiya kirdi.
O‘zbekiston joriy reytingda 0,8384 koeffitsiyent bilan 48-o‘ringa qo‘yildi. Undan oldingi o‘rinda Chili, keyingi o‘rinda esa Belarus turibdi.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida uchinchi natijani qayd qildi. Undan yaxshiroq ko‘rsatkichlarga faqat Rossiya (2-o‘rin) va Ukraina (30-o‘rin) qurolli kuchlari ega.
Reytingning oxirgi uchta o‘rnini Namibiya, Somali va Markaziy Afrika Respublikasi egalladi.
Izoh (0)