Yaponiyalik budda rohibi Kadzuki Yadzava Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yinlarida eshkakli slalom yo‘nalishida ishtirok etadi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yadzava 2008-yilgi Pekin va 2012-yilgi London Olimpiadasida ham qatnashgan edi. Londonda u to‘qqizinchi o‘rinni egallagan bo‘lib, bu Yaponiyaning mazkur yo‘nalishdagi eng yaxshi natijasida hisoblanadi. 2015-yilda rohib Yaponiya chempionatida g‘olib bo‘lib, Rio–2016 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
2012-yilgi Olimpiadadan so‘ng Yadzava uzoq vaqt homiy topa olmadi va unga doimiy ish kerakligini tushundi. Shunda u Nagano prefekturasi kanoe federatsiyasi prezidentidan ibrat olib, rohiblik yo‘lini tanladi. 2013-yilda Yadzava xalqaro musobaqalardan voz kechib, o‘zini dinga bag‘ishladi.
27 yoshli Yadzava haftasiga olti kun, kuniga yarim soatdan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, u yuguradi hamda trenajyor zalida mashq qiladi.
Izoh (0)