O‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilar murabbiylarga beriladigan “B” litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
O‘FFning Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan o‘quv-kurslarida Anvar Soliyev, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Xayrulla Karimov va Anvar G‘ofurov kabi futbolchilar ham tahsil olgan. OFK istruktori Islom Ahmedov murabbiyligida o‘tgan kurslardan so‘ng bu futbolchilar “B” litsenziyasini qo‘lga kiritgan.
Futbolchilar Oliy Liga klublarini boshqarishi uchun endilikda “A” litsenziyasini qo‘lga kiritishi, xalqaro maqomda faoliyat olib borishi uchun esa “Pro” litsenziyasiga ega bo‘lishi kerak.
Izoh (0)