BAAning Dubay amirligi politsiyasi yo‘l harakati departamenti 2016-yilning ikkinchi choragi natijalariga ko‘ra eng xavfli yo‘llar ro‘yxatini keltirdi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Hisobotga ko‘ra, ikkinchi chorakda Dubayda o‘limga olib kelgan YTHlar soni 59 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 42 taga teng bo‘lgan edi.
Eng xavfli yo‘l deb Shaikh Mohammad Bin Zayed Road tan olindi — u yerda hisobot davrida o‘lim bilan yakun topgan 14 YTH sodir bo‘ldi. Emirates Road to‘qqizta holat bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Nihoyat, Shaikh Zayed Road va Dubai-Al Ain Road uchinchi bo‘ldi — bu yo‘llardagi ikkitadan avariya o‘lim holatini keltirib chiqardi.
Shuningdek, hisobotda turli darajadagi jarohatlarga olib kelgan YTHlar bo‘yicha ham ma’lumot keltirildi.
Izoh (0)