Germaniya poytaxti Berlin shahridagi klinikalardan birida noma’lum kimsa shifokorga qarata o‘q uzib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bild nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
The Sun nashrining xabar berishicha, yaralangan shifokor og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizildi. Politsiya xodimlari voqea joyiga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25-iyul kuni Germaniyaning Ansbax shahri markazidagi restoranlardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Natijada 12 kishi jabrlandi.
Bavariya IIV boshlig‘i Ansbaxdagi portlashni terrorchilik hujumi deb atadi.
Izoh (0)