Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining qarorini sharhlab o‘tdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
“Butun terma jamoa ishtirok etishi uchun XOQ Ijroqo‘mi qarori bilan Arbitraj sudining qarorini bekor qilib bo‘lmasdi. Ammo biz ko‘rib turibmizki, doping nazorati tizimida bo‘lgan qoidabuzarliklar ajoyib yurist Tomas Bax aybsizlik prezumpsiyasini individual adolat deb atashiga olib keldi”, — dedi Usmonov.
“Shu bois toza o‘yinchilar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi, — so‘zida davom etdi u. — Bundan tashqari, faqat ular o‘sha Arbitraj sudi vakillari nigohi ostida qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu ertaga hech kim sportchilarimizning Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini shubha ostiga ololmasligi uchun amalga oshirilmoqda”.
Uning fikricha, dopingdan foydalangan barcha sportchilar aybini tan olishi va kechirim so‘rashi lozim.
“Ijobiy probalarga ega barcha sportchilarga birinchi navbatda o‘zlari uyaltirib qo‘ygan mamlakat oldida kechirim so‘rashni tavsiya qilish lozim. Undan keyin esa — butun sport va Rossiya xalqidan. Toza sportchilar esa yuz foizga himoya qilinishi lozim”, — qo‘shimcha qildi Alisher Usmonov.
Izoh (0)