AQShning Fort-Mayyers shahrida (Florida shtati) navbatdagi otishma yuz berdi. Noma’lum shaxs tungi klubga tashrif buyurganlarga qarata o‘t ochdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, yuz martaga yaqin o‘q uzilgan. Oqibatda 17 kishi yaralangan, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Hodisa joyida politsiya xodimlari ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Floridaning Orlando shahridagi tungi klubda 29 yoshli Umar Matin o‘t ochgan, oqibatda 49 kishi halok bo‘lgan edi. Mazkur jinoyat terakt sifatida baholangan edi.
Izoh (0)