Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer-Ligasining yangi mavsumi oldidan Superkubok bellashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Moskvaning “SSKA” klubi Sankt-Peterburgning “Zenit” klubiga qarshi kurash olib bordi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida braziliyalik yarim himoyachi Maurisio tomonidan kiritilgan yagona gol “Zenit”ga o‘z tarixida to‘rtinchi bor mamlakat Superkubogi g‘olibligini taqdim etdi.
Rossiya chempionatining 2015/16-yilgi mavsumida “SSKA” oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rossiya Kubogi finalida “Zenit” aynan “SSKA”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, g‘olib chiqqandi. Premyer-Ligada esa Piter klubiga 3-o‘rin nasib qilgan.
“SSKA” Premyer-Liga doirasidagi o‘zaro o‘yinlarda ham “Zenit”dan ustun bo‘la olmagandi. Moskvada 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, “Petrovskiy” stadionida “Zenit” 2:0 hisobida zafar quchgan.
Izoh (0)