Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasida kuchli jala tufayli yuzaga kelgan toshqinlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 114 kishiga yetdi, yana 111 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq 72 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Tabiiy ofat hududidan 310 ming kishi evakuatsiya qilindi. Toshqin va ko‘chki oqibatida 52900 uy vayron bo‘ldi, 155 ming inshootga zarar yetdi. Xebey provinsiyasiga yetkazilgan iqtisodiy zarar 16 milliard yuanga yoki 2,4 milliard dollarga teng bo‘ldi.
Izoh (0)