O‘tgan oy Kobulda o‘g‘irlab ketilgan hindistonlik ayol Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tomonidan jangarilar qo‘lidan ozod qilindi va bugun, 23-iyul kechasi Hindistonning Afg‘onistondagi elchisi Manpret Voxra kuzatuvida Dehliga uchib ketadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aga Khan rivojlanish jamg‘armasida gender masalalari bo‘yicha katta texnik maslahatchi bo‘lib ishlagan Judit D’Suza 9-iyun kuni o‘g‘irlab ketilgan edi. Bu jinoyat motivlari haligacha noaniq, birorta guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmayapti.
Izoh (0)