Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FIFA axloq-odob qo‘mitasi tashkilot prezidenti Janni Infantinoni kodeks me’yorlarining buzilishi yuzasidan so‘roq qildi. Bu haqda, BBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Janni Infantino. Foto: EPA

Janni Infantino. Foto: EPA

Telekanalning o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, Infantino qo‘mitaning rasmiy vakili bilan suhbatlashib, ayblovlarga hech qanday sabab yo‘qligini uqtirgan.

Germaniyaning Bild nashriga ko‘ra, 29-may kuni Milanda o‘tgan Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng Infantino oilasi bilan Rimga, u yerdan esa Jenevaga uchgan. Safar xususiy xarakterga ega bo‘lib, tashkilot Infantino parvoz haqini qaysi mablag‘ hisobidan to‘laganidan bexabar. Bu voqeaga tashkilot prezidentiga nisbatan ayblovlar ilgari surilishiga sabab bo‘ldi.

Bild nashridagi ma’lumotlarga qaraganda, Infantino parvozni FIFAning reklama budjeti hisobidan amalga oshirgan. Ushbu voqeadan so‘ng tashkilotning logistika bo‘limi rahbari ishdan haydalgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi